O‘zbekistonda QQS bo‘yicha ayrim imtiyozlar bekor qilinadi

Iqtisodiyot

Ayrim xizmat ko‘rsatish va savdo hamda chetdan import qilinadigan mahsulotlarga QQS imtiyozi bekor qilinadi.

O‘zbekistonda QQS bo‘yicha ayrim imtiyozlar bekor qilinadi
Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha ayrim imtiyozlar bekor qilinadi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, 2024-yil - apreldan QQS bo‘yicha ayrim imtiyozlar bekor qilinadi. Savdo va xizmat ko‘rsatish turlari, ayrim mahsulotlarni O‘zbekistonga olish kirish QQSga tortiladi.

Jumladan:

• savdo aylanmasi bo‘yicha;
• tibbiy xizmatlar;
• veterinariya xizmatlari;
• dori vositalari;
• veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlar.

O‘zbekiston hududiga olib kirishda:

• dori vositalari;
• veterinariya dori vositalari;
• tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlar;
• shuningdek, qonunchilikda belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kiriladigan xomashyo.

Aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarni realizatsiya qilish bo‘yicha:

• suv ta’minoti;
• kanalizatsiya;
• sanitariya jihatdan tozalash;
• issiqlik ta’minotiga QQS hisoblanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing