O'zbekistonda yetishtirilgan meva va sabzavot mahsulotlari Shvetsiyaga to'g'ridan-to'g'ri eksport qilinadi

O'zbekiston

Shvetsiya va Skandinaviya mamlakatlari bozori meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilish uchun qulay hisoblanadi. Ushbu davlatlardagi import narxlari jahondagi o'rtacha ko'rsatkichlardan yuqoriligi bilan ajralib turadi.

O'zbekistonda yetishtirilgan meva va sabzavot mahsulotlari Shvetsiyaga to'g'ridan-to'g'ri eksport qilinadi
O'zbekiston elchixonasi ko'magida Shvetsiya Milliy savdo kengashi tomonidan uyushtirilgan ho'l meva va sabzavot mahsulotlarini yetkazib berishga bag'ishlangan vebinarda mamlakatimizning yetakchi eksportchi kompaniyalari vakillarining ishtiroki tashkil etildi.

Tadbirda O'zbekistonda yetishtiriladigan meva va sabzavot mahsulotlari Shvetsiyaga asosan Niderlandiya, Ispaniya va Italiya davlatlari orqali kirib kelayotganligi ma'lum qilindi.

Shu sababli, istiqbolda bevosita eksport tovarlarini yetkazish maqsadida Stokgolm va Xelsinborg shaharlarida oziq-ovqat va meva-sabzavot uchun omborxonalar va savdo uylarini ochish takliflari bildirildi.

Shvetsiyalik sheriklar ho'l meva va sabzavot mahsulotlari importi uchun talab etiladigan tarif va notarif choralar, yirik savdo tarmoqlari bilan ishlash tartibi bo'yicha taqdimot o'tkazildi.

Shvetsiya Milliy savdo kengashining "Open Trade Gate" dasturi doirasida o'zbekistonlik kichik va o'rta biznes vakillarini qo'llab-quvvatlash hamda eksportyor kompaniyalar xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish masalalariga ham e'tibor qaratildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing