Parijda miting ishtirokchilari Isroilning Livanga aviazarbalari to‘xtatilishini talab qilishdi
Dunyo
Parijda o‘tgan namoyishda Livan diasporasi vakillari va bir qator siyosiy partiyalar vakillari ishtirok etishdi. Ular Isroilning Livanga qarshi aviazarbalari darhol to‘xtatilishini talab qilishdi.
Miting 29-sentabr kuni Respublika maydonida bo‘lib o‘tdi, unda yuzlab livenliklar va Fransiyadagi liven diasporasi vakillari ishtirok etdi. Namoyishchilar Livan xalqining birdamligini va tinchlikni himoya qilishlarini ta'kidladilar. Mitingda Fransiyaning “Isyonkor Fransiya” partiyasi vakillari ham qatnashdi.
Fransiyaning tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro BMT ko‘magida Livanga gumanitar yordam olib kelganini e’lon qildi. Shu jumladan, 1000 og‘ir yaradorlarga yordam berish uchun tibbiy punktlar o‘rnatiladi.
Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasidagi to‘qnashuvlar natijasida Livanda tinch aholi qurbon bo‘lmoqda. Livandagi oxirgi zarbalarda ikki nafar fransuz fuqarosi halok bo‘ldi.

Powered by Froala Editor