Prezident administratsiyasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
Siyosat
Prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisiga o‘rinbosar, shuningdek, Prezident administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbariga o‘rinbosarlar tayinlandi.
O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.
Jobir Odilovich Azimov O‘zbekiston prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U tayinlovga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Asilbek Anvarovich Xudoyorov O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Prezident administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi rahbari sifatida ishlagan.
Shuningdek, Gayane Olegovna Umerova O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari o‘rinbosari lavozimida faoliyat boshladi. Bungacha Umerova Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining ijrochi direktori, O‘zbekistonning YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi bosh kotibi, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi lavozimlarida ishlagan.

Powered by Froala Editor