Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga tabrigi

O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat pedagoglarini O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabriklab, ularning jamiyat taraqqiyoti va yosh avlod tarbiyasidagi o‘rnini alohida ta’kidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga tabrigi
Davlat rahbari so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi sakkiz yilda ta’lim va fan xarajatlari olti baravar oshib, yuzlab yangi maktab va oliygohlar qurildi, zamonaviy dasturlar joriy qilinmoqda, ustozlarning mehnati munosib qadrlanmoqda.

Yangi o‘quv yilidan boshlab mamlakatda 12 yillik umumta’lim, yagona davlat imtihonlari joriy qilinadi. Bitiruvchilar faqat imtihon natijalariga ko‘ra texnikum va OTMlarga qabul qilinadi. 100 ta texnikum rivojlangan davlatlar bilan hamkorlikda ishlaydi, chet tillariga ajratilgan soatlar esa to‘rt baravar ko‘payadi.

Prezident o‘qituvchilar uchun yangi imtiyozlarni e’lon qildi:
  • 15 yildan ortiq tajribaga ega oliy toifadagi pedagoglar uchun ipoteka dastlabki badalining 25 foizi davlat tomonidan qoplanadi;
  • davlat OTMlariga o‘qishga kirgan o‘qituvchilar farzandlariga 30% chegirma beriladi;
  • zamonaviy kompyuter texnikasi xarid qilish va xorijda ta’lim olish uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi.

«Biz o‘qituvchilik kasbini jamiyatdagi eng sharafli va muhim kasbga aylantirish ishlarini izchil davom ettiramiz. Aynan siz — buyuk an’analar davomchilari — O‘zbekistonning Uchinchi Renessansini bunyod etasiz», — dedi Prezident.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing