Prezident “Tashkent city”dagi qurilish jarayonlari bilan tanishdi

O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Tashkent city" xalqaro ishbilarmonlik markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident “Tashkent city”dagi qurilish jarayonlari bilan tanishdi
“Mamlakatimizdagi o‘zgarishlar bosh shahrimizda, ayniqsa, yaqqol namoyon. Bugungi kunda Toshkent – ulkan bunyodkorlik, zamonaviy biznes, ilm-fan va madaniyat markaziga aylandi. «Tashkent city»dagi muhtasham binolar shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shdi. Bu yerdagi Xalqaro kongress markazida ko‘plab forum va anjumanlar bo‘lib o‘tgan. Kelgusida yana qator nufuzli sammitlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, shinamlik darajasi yuqori mehmonxonalar, konsert va opera teatri barpo etilmoqda”, deyiladi xabarda.

Davlat rahbari ulardagi qurilish jarayonini ko‘zdan kechirgan. Ushbu majmua mamlakatda san’at rivojini yangi darajaga ko‘tarish, madaniy tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazishga xizmat qilishi qayd etilgan.

Shuningdek, Prezident “Tashkent city” markazida qurilishi yakuniy bosqichda bo‘lgan bir qator boshqa inshootlarni ham ko‘zdan kechirgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing