Qanot Sharq aviakompaniyasi ikki oylik reyslarni bekor qildi

O'zbekiston

Qanot Sharq aviakompaniyasi 20-yanvardan 6-martgacha Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladigan parvozlar qisqarishi haqida e’lon qildi. Aviakompaniya A320 samolyotlariga texnik xizmat ko‘rsatish tufayli yanvar-mart oylariga mo‘ljallangan 20 dan ortiq reysini vaqtincha bekor qildi.

Qanot Sharq aviakompaniyasi ikki oylik reyslarni bekor qildi
Ular orasida bitta ichki reys bor, qolganlari O‘zbekiston shaharlaridan Moskva va Sankt-Peterburgga hamda teskari yo‘nalishdagi reyslar.

Xabarga ko'ra, ushbu holat C-Check darajasidagi samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq. Tekshiruv jaroyanlarida samolyotlar bir muddat parvoz qilishi cheklanadi.   Xizmatning ushbu shakli har 15−24 oyda yoki 7500 parvoz soatida amalga oshiriladi.

Qisqaradigan reyslar:

HH18 — 22-yanvar / 5-mart A320 Samarqand 7:00 — Toshkent 7:50;
HH701 — 25-yanvar / 1-mart A320 Toshkent 1:00 — Domodedovo 5:30;
HH702 — 25-yanvar / 1-mart A320 Domodedovo 17:40 — Toshkent 21:30;
HH703 — 24-yanvar / 28-fevral A320 Farg‘ona 13:30 — Domodedovo 18:10;
HH704 — 24-yanvar / 28-fevral A320 Domodedovo 7:50 — Farg‘ona 12:10;
HH705 — 21-yanvar / 4-mart A320 Namangan 11:40 — Domodedovo 16:20;
HH706 — 21-yanvar / 4-mart A320 Domodedovo 5:50 — Namangan 10:10;
HH707 — 20-yanvar / 3-mart A320 Toshkent 23:40 — Domodedovo DME 4:10+1;
HH707 — 24-yanvar / 28-fevral A320 Toshkent 1:50 — Domodedovo 6:20;
HH708 — 21-yanvar / 4-mart A320 Domodedovo 17:40 — Toshkent 21:30;
HH708 — 24-yanvar / 28-fevral A320 Domodedovo 19:30 — Toshkent 23:20;
HH709 — 25-yanvar / 1-mart A320 Buxora 12:10 — Domodedovo 16:20;
HH710 — 25-yanvar / 1-mart A320 Domodedovo 6:50 — Buxora 10:40;
HH712 — 20-yanvar / 3-mart A320 Domodedovo 22:10 — Samarqand 2:00+1;
HH715 — 20-yanvar / 3-mart A320 Toshkent 16:20 — Domodedovo 20:50;
HH715 — 23-yanvar / 6-mart A320 Toshkent 14:50 — Domodedovo 19:20;
HH716 — 23-yanvar / 6-mart A320 Domodedovo 20:40 — Toshkent 00:30+1;
HH717 — 22-yanvar / 5-mart A320 Toshkent 21:10 Domodedovo 01:40+1;
HH718 — 23-yanvar / 6-mart A320 Domodedovo 3:00 — Toshkent 6:50;
HH741 — 21-yanvar / 4-mart A320 Samarqand 3:50 — Pulkovo 9:10;
HH742 — 22-yanvar / 5-mart A320 Pulkovo 00:50 — Samarqand 5:40;
HH743 — 21-yanvar / 4-mart A320 Namangan 18:10 — Pulkovo 23:30;
HH744 — 21-yanvar / 4-mart A320 Pulkovo 10:30 — Namangan 15:25.

Chiptalarni qaytarish yoki almashtirish haqida ma’lumot olish uchun kompaniyaning qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish lozim.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing