Qatarda dunyodagi eng yirik veb-texnologiyalar sammiti Web Summit Qatar 2024 bo'lib o'tdi

Dunyo

Kecha, 27-fevral kuni o’tgan Web Summit Qatar 2024 sammiti jahon innovatsiyalar manzarasini o'zgartirishga qodir misli ko'rilmagan voqeaga aylandi.

Qatarda dunyodagi eng yirik veb-texnologiyalar sammiti Web Summit Qatar 2024 bo'lib o'tdi
Web Summit Qatar — o’zining rekord darajadagi ishtirokchilar soni, xususan, 15 000 dan ortiq kishi va mintaqadagi eng yirik xalqaro startaplar guruhi bilan—tarixiy miqyosdagi voqea bo'ldi.

Ochilish oqshomida markaziy sahnadan nutq so'zlagan Web Summit bosh direktori Ketrin Maher o'z fikr-mulohazalari bilan bo’lishib, shunday dedi: "Bu zalda yoki tungi sammitda yaratilgan aloqalar insoniyat kelajagini belgilaydigan innovatsion hamkorlik va innovatsiyalar uchun potentsil sanaladi".

Tadbir raqamlari ko'p narsani ochib beradi:

Dunyoning turli burchaklaridan 15 453 ishtirokchi texnologiya kelajagini ko'rish uchun Dohaga to'plandi;

AQSh, Misr, Braziliya, Italiya, Buyuk Britaniya va Hindistonni o'z ichiga olgan 118 mamlakat vakillari turli-tuman va dinamik guruhni tashkil etdi;

Ko'rgazmada namoyish etilgan startaplarning 31% 56 mamlakatdan kelgan ayollar tomonidan tashkil etilgan;

Istiqbolli asoschilar bilan muloqot qilishni niyat qilgan dunyodagi yetakchi fondlarning 400 dan ortiq investorlari;

Tadbirni 148 ta hamkor qo'llab-quvvatlamoqda, ular orasida Snap, TikTok, Meta va Microsoft kabi texnologiya bozori titanlari ham bor, bu esa unga yanada katta obro' bag'ishlaydi.

O'zbekiston nomidan sammitda Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ishtirok etdi.

"Texnologiyalar yordamida bugungi kunimiz, kelajagimiz jadal va muvaffaqiyatli rivojlanadi. Ammo barcha uchun porloq kelajakka erishishni istasak, hamkorlikdagi loyihalarni va global maqsadlar yo‘lidagi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlamoq zarur", — dedi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Web Summit Qatar 2024 innovatsiyalar va hamkorlikning qudratidan dalolat beradi va chegaralar yengib o'tiladigan hamda imkoniyatlar cheksiz bo’ladigan kelajak uchun zamin yaratadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing