Qizil dengizdagi inqiroz jahon kompaniyalarining daromadiga ta'sir qilmoqda

Dunyo

Husiylarning kemalarga uyushtirgan hujumlari oqibatida Qizil dengizda yuzaga kelgan taranglik neft tashishga ta’sir qila boshladi.

Qizil dengizdagi inqiroz jahon kompaniyalarining daromadiga ta'sir qilmoqda
Agar ilgari dunyodagi dengiz neft savdosining 12% ni tashiydigan tankerlar Suvaysh kanali orqali yurishni davom ettirgan bo'lsa, endi vaziyat o'zgarmoqda, deya ta'kidlamoqda “Bloomberg” agentligi.

Yirik logistika kompaniyalari konteyner kemalarini Afrikani chetlab o'tgan holda yo'naltirganidan so'ng, kanal orqali kuniga odatdagi konteyner trafigining atigi uchdan bir qismi o'tmoqda. AQSh va Buyuk Britaniyaning Yamandagi havo hujumlaridan so‘ng kanaldagi tankerlar soni 50% dan ko‘proqqa kamaydi. Agar hozirda sug'urta mukofoti yuk miqdorining taxminan 1% ni tashkil etsa, mojaro kuchaygan taqdirda u 1,8% ga oshirilishi mumkin, bu tufayli Suvaysh orqali o'tish Afrikani chetlab o’tish kabi qimmat bo’ladi.

Bu Suvaysh kanaliga, birinchi navbatda, Rossiyaga bog'liq bo'lgan eksportchilarga ta'sir qiladi. Tankerlari bevosita Osiyoga boradigan Saudiya Arabistoni esa yetkazib berish va narxlarga bosimni oshirishi mumkin.

Tendensiya allaqachon ko’zga tashlanmoqda, xususan, so'nggi ikki oy ichida Rossiya Federatsiyasining Xitoy va Hindistonga yetkazib berishdagi ulushi 20% dan 18% gacha kamaydi va saudiyaliklarning ulushi 15% dan 16% gacha oshdi. Bu Rossiya va Saudiya Arabistoni o’rtasidagi munosabatlarni 2020-yildagi kabi buzib, OPEK birligiga rahna solishi hech gap emas.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing