Qozog‘iston raqamli tengeni ishga tushirdi

Iqtisodiyot

Qozog‘iston Milliy to‘lov korporatsiyasi raisi Binur Jalenov so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda mavjud to‘lov kartalarini raqamli tenge platformasi bilan birlashtiruvchi texnologiya yaratilgan.

Qozog‘iston raqamli tengeni ishga tushirdi
Olma-ota shahrida Qozog‘iston moliyachilarining XI Kongressi doirasida raqamli tengeni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Milliy to‘lov korporatsiyasi raisi Binur Jalenov loyiha taqdimoti chog‘ida raqamli tengedagi kartadan foydalangan holda birinchi xaridni amalga oshirdi. Bu haqda mamlakat Milliy banki saytida xabar berildi.

“Ta'kidlashni istardimki, ushbu dastur Markaziy bankdagi raqamli valyuta hisobiga ulangan dunyodagi birinchi debet to'lov kartasidir”, deydi Jalenov marosimda.

Qozog‘iston Milliy banki ikkinchi darajali banklar va ularning mijozlari ishtirokida raqamli tenge platformasini sinovdan o‘tkazdi. Platforma arxitekturasi bank mijozlariga xizmat ko‘rsatuvchi bankning mobil ilovasida raqamli hisob ochish orqali raqamli tengedan foydalanish imkonini beradi.

Raqamli tenge naqd va naqdsiz pullarning mavjud afzalliklarini o‘zida mujassam etgan holda, maqsadli ijtimoiy to‘lovlar uchun yangi imkoniyatlar ochadi, davlat xaridlari samaradorligini oshiradi, transchegaraviy to‘lovlarni optimallashtiradi va dasturlashtiriladigan to‘lovlarni yaratadi. Raqamli tengening uch bosqichli amalga oshirilishi 2025-yil oxirigacha yakunlanishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing