Qozog‘istonda Xitoy bilan vizasiz rejim kuchga kirdi

Dunyo

Ikki tomonlama vizasiz rejimni joriy etish rejalari aprel oyida maʼlum boʻlgan edi. Viza talablaridan ozod qilish Qozogʻiston va Xitoy fuqarolari davlat chegarasini kesib oʻtgan paytdan boshlab 30 kalendar kundan koʻp boʻlmagan muddatga (180 kalendar kuni ichida jami 90 kalendar kuni) ushbu mamlakatlarga vizasiz tashrif buyurishlarini nazarda tutadi.

Qozog‘istonda Xitoy bilan vizasiz rejim kuchga kirdi
Qozog‘iston va Xitoy o‘rtasida vizasiz rejim to‘g‘risidagi kelishuv 10-noyabrdan kuchga kirdi. Bu sana avvalroq Qozogʻiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan eʼlon qilingan edi.

Hujjat 17-may kuni Sian shahrida imzolangan. Bitimning 1-moddasiga ko‘ra, ikki davlat fuqarolari shaxsiy ishlar, turizm, davolanish, xalqaro transport, tranzit va tadbirkorlik maqsadlarida viza olishdan ozod qilinadi.

“Shu bilan birga, fuqarolarning ikki davlat hududida bo‘lish muddati davlat chegarasini kesib o‘tgan paytdan e’tiboran 30 kalendar kundan, jami 180 kalendar kuni ichida esa 90 kalendar kundan oshmasligi kerak”, deyiladi vazirlik xabarida.

Vizasiz rejim ishlash, oʻqish yoki missionerlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini bermaydi.

Hujjatga ko'ra, qozog'istonliklar uchun amaldagi sayohat hujjatlari quyidagilar bo'ladi:

• Qozog'iston Respublikasi fuqarosining pasporti;

• Qozog'iston Respublikasiga qaytish guvohnomasi.

Xitoy fuqarolari uchun:

• Xitoy fuqarosining yarim xizmat pasporti;

• Xitoy fuqarosining pasporti;

• vaqtinchalik sayohat hujjati.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing