Qurbon hayitda o‘zbekistonliklar 5 kun dam olishadi

O'zbekiston

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda Qurbon hayitining birinchi kuni 2023-yil 28-iyunga to‘g‘ri keladi. Prezident qarori bilan muqaddas bayram munosabati bilan 5 kun dam olish kuni belgilandi.

Qurbon hayitda o‘zbekistonliklar 5 kun dam olishadi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda Qurbon hayitining birinchi kuni 2023-yil 28-iyunga to‘g‘ri keladi. Bugun “Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Prezident qarori bilan muqaddas bayram sharafiga ish haftasi turidan qat’i nazar, 28-iyundan 2-yulgacha 5 dam olish kuni belgilandi:

28-iyun, chorshanba - Qurbon hayiti bayrami;
29-iyun, payshanba - ish haftasi turidan qat'i nazar, barcha xodimlar uchun qo'shimcha dam olish kuni;
30-iyun, juma - ish haftasining turidan qat'i nazar, barcha xodimlar uchun qo'shimcha dam olish kuni;
1-iyul, shanba - 6 kunlik ish haftasi xodimlari uchun qo'shimcha dam olish kuni;
2-iyul, yakshanba taqvim bo'yicha dam olish kuni hisoblanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing