Ramzan Qodirovning o‘g‘li Rossiya Mudofaa vazirligidagi lavozimga tayinlandi

Dunyo

Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirovning 16 yoshli o‘g‘li Adam Qodirov Rossiya Mudofaa vazirligi tarkibiga kiruvchi batalyonga rahbar etib tayinlandi.

Ramzan Qodirovning o‘g‘li Rossiya Mudofaa vazirligidagi lavozimga tayinlandi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘li, 16 yoshli Adam Qodirov Rossiya Mudofaa vazirligining Shayx Mansur batalyoniga kurator bo‘ldi. Bu haqda Davlat dumasi deputati Adam Delimxonov ma’lum qildi.

"Bugun men Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining Shayx Mansur bataloni shaxsiy tarkibiga ularning yangi kuratori — Checheniston Respublikasi Qahramoni, Checheniston Respublikasi rahbarining xavfsizlik xizmati rahbari Adam Ramzanovich Qodirovni tanishtirdim. Bu tayinlov Adamning xalqimizni diniy, oilaviy va madaniy qadriyatlarini asrab-avaylashga qoʻshgan ulkan xizmatlarining natijasi bo‘ldi”, deb yozdi deputat o‘zining Telegram- kanalida.

Shuningdek, Delimxonov Adam Qodirov Shayx Mansur batalyonining ikkinchi yulduzi bilan taqdirlanganini ta’kidladi. Birinchi yulduzni avvalroq respublika rahbari Ramzan Qodirov qabul qilgan edi.

Kavkazning birinchi imomi Shayx Mansur nomidagi batalyon tuzilgani oktyabr oyining ikkinchi yarmida ma’lum bo‘lgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing