Raqamli tibbiyot: O‘zbekistonda sog‘liqni saqlashni o‘zgartiruvchi loyihalar taqdim etildi
O'zbekiston
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Shavkatovna Mirziyoyeva rasmiy sahifasida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Raqamli tibbiyot markazining yangi loyihalari haqida ma’lumot e’lon qilindi. Ushbu tashabbuslar mamlakatimizda tibbiyot tizimini tubdan o‘zgartirishi mumkin.
DMED yagona tizimi hozirda 33 million fuqaroning elektron kartasini saqlamoqda. Bu shifokorlarning ishini yengillashtirib, bemorlar bilan ko‘proq muloqot qilish imkonini beradi.
Situatsion markaz shifokorlar bandligini va jihozlar holatini real vaqt rejimida ko‘rsatib, resurslarni samarali taqsimlashga yordam beradi.
Alohida e’tibor «Ko‘ngil ko‘zi» loyihasiga qaratildi. 7 yildan buyon faoliyat yuritayotgan loyiha sun’iy intellekt yordamida yangi bosqichga ko‘tarildi. Endi muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda retinopatiyani ilk kunlardanoq aniqlash mumkin bo‘lib, bu minglab bolalarning ko‘rish qobiliyatini saqlab qolishga va bolalar ko‘rligining 90 foizini oldini olishga imkon beradi.
Shuningdek, insult va ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash texnologiyalari ham taqdim etildi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt shifokorlarni almashtirmaydi, biroq ularning ishonchli yordamchisiga aylanib, vaqt va kuchini tejaydi.
Mazkur tashabbuslar raqamli tibbiyotda yangi ufqlarni ochib, minglab oilalarga umid bag‘ishlamoqda.

Powered by Froala Editor