Raqobat qo’mitasi: Aholi Humans va Beeline kompaniyalari faoliyatidan norozi

O'zbekiston

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasiga respublika bo’ylab iste’molchilar tomonidan “O’zbektelekom” AK (UZMOBILE) , “COSCOM” MCHJ (UCELL), “UNIVERSAL MOBILE SYSTEMS” MCHJ (MOBIUZ), “UNITEL' MCHJ ( BEELINE) va “ HUMANS'' MCHJ ALOQA kompaniyalari tomonidan belgilangan taraflardagi tushunmovchiliklar, aloqa va internet xizmatlarining sifatsizligi, ko’rsatilmagan xizmatlar uchun ortiqcha to’lovlar olinishiga oid ko’plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Raqobat qo’mitasi: Aholi Humans va Beeline kompaniyalari faoliyatidan norozi
Qo’mita mazkur murojaatlarni mobil aloqa xizmatlarni ko’rsatish to’g’risidagi shartnoma, tanlangan ta’rif rejasi va aloqa xizmatlarining shartlariga mosligi yuzasidan o’rganishlar o’tkazilmoqda.

Qonun buzilish holatlari aniqlangan shaxslar bilan bog’lanib, bu borada surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Masalan,

Samarqand boshqarmasiga mobil aloqa xizmatlarini ko’rsatish operatori faoliyatidan norozi b’lib yo’llagan murojaatida fuqaro 6 million 700 ming so’m pul mablag’i tegishli hisobga o’tmagani va uni qaytarib ololmayotganini bildirgan.

O’rganishlarda haqiqatan ham pul mablag’i boshqa bir hisobga o’tgani ammo mazkur muammo yechilmay qolgani ma’lum bo’ldi.

Bundan tashqari Toshkent tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro A.S “HUMANS” aloqa kompaniyasidan boshqa raqamga adashib o’tkazilgan pul mablag’ini qaytarib olomayotganligi yuzasidan qilgan murojaatini qisqa muddatda ijobiy hal etdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing