Riyod-2025: O‘zbekiston Islom birdamligi o‘yinlarida 15 ta medalni qo‘lga kiritdi
Sport
Saudiya Arabistonida o‘tayotgan VI Islom birdamligi o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi 9-noyabr kuni 15 ta medalni — 3 oltin, 7 kumush va 5 bronzani qo‘lga kiritdi.
Riyodda o‘tkazilayotgan musobaqalarda o‘zbekistonlik sportchilar yuqori mahorat va g‘alaba uchun qat’iyatni namoyish etdilar.
Oltin medallar egalari:
Adhamjon Ergashev — shtangani siltab ko‘tarish (65 kg gacha);
Shahzodxo‘ja Sharipov — dzyudo (90 kg gacha);
Muzaffarbek To‘raboyev — og‘ir vazn toifasi (100 kg dan ortiq).
Kumush medallarni quyidagi sportchilar qo‘lga kiritdi:
Adhamjon Ergashev — ikki harakat yig‘indisi (65 kg gacha);
Nigora Abdullayeva — uch yo‘nalishda (siltab ko‘tarish, dast ko‘tarish va umumiy natija, 58 kg gacha);
Xurshida Razzokberdiyeva (dzyudo, 70 kg gacha);
Irishxon Qurbonboyeva (dzyudo, 78 kg dan ortiq);
Diyorbek Ruzmetov (shtanga ko‘tarish, dast ko‘tarish, 71 kg gacha).
Bronza medallari:
Adhamjon Ergashev (dast ko‘tarish, 65 kg gacha);
Uzukjamol Yunusova (boks, 54 kg gacha);
Zilola Yusufova (boks, 51 kg gacha);
Marjona Kuchimova (dzyudo, 78 kg gacha);
Alisher Yusupov (dzyudo, 100 kg dan ortiq).
O‘zbekiston delegatsiyasi umumiy hisobda yuqori natijalarni saqlab qolmoqda va xalqaro arenada o‘z sport salohiyatini yana bir bor isbotlamoqda.

Powered by Froala Editor