Saida Mirziyoyeva AQSHda Shonazarova, Hoshimov va Qobilov bilan uchrashdi
Iqtisodiyot
Prezident yordamchisi Kolumbiya universitetida O‘zbekistondan birinchi ayol-professor Aziza Shonazarova, Viskonsin universiteti katta ilmiy xodimi Bekzod Hoshimov, Garvard universiteti katta ilmiy xodimi Botir Qobilov suhbatlashdi.
Oʻzbekiston Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva va Prezident Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari Komil Allamjonov AQSHdagi taniqli vatandoshlar bilan uchrashdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, uchrashuv Kolumbiya universitetida boʻlib oʻtgan. Unda O‘zbekistondan birinchi ayol-professor Aziza Shonazarova, Viskonsin universiteti katta ilmiy xodimi Bekzod Hoshimov, Garvard universiteti katta ilmiy xodimi Botir Qobilov ishtirok etgan.
“Ilm-fan va boshqa sohalarda yuksak muvaffaqiyatlarga erishayotgan yurtdoshlarimiz yildan-yilga ko‘payib borayotganidan xursandman. Yigit-qizlarimiz mehnati jahonning eng nufuzli ta’lim muassasalarida qanday e’tirof etilayotganini ko‘rib, g‘ururlanaman. Va ishonamanki, vaqti kelib bu yoshlarimiz yurtimiz ilm-fanini rivojlantirishga ham o‘z hissalarini qo‘shadilar”, deydi Prezident yordamchisi.

Powered by Froala Editor