Sammit sababli Samarqandda ta'til muddati uzaytiriladi

O'zbekiston

Samarqanddagi ayrim OTM hamda ular huzuridagi texnikum va akademik litseylarga qisqa muddatli taʼtil beriladi.

Sammit sababli Samarqandda ta'til muddati uzaytiriladi



Joriy yilning 4—5-aprel kunlari Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo -Yevropa Ittifoqi” birinchi rasmiy Sammiti hamda “Markaziy Osiyo global iqlim tahdidlari qarshisida: umumiy farovonlik yo‘lida birdamlik” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.

Mazkur xalqaro tadbirni yuqori saviyada o‘tkazilishi hamda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida shaharda transport harakatlanishini qisqartirish va cheklash choralari ko‘riladi.

Shu munosabat bilan 2025-yil 1—5-aprel kunlari quyidagi oliy ta’lim muassasalari hamda ular huzuridagi texnikum va akademik litseylarga yozgi ta’til hisobidan qisqa muddatli o‘quv ta’tili beriladi:

Samarqand davlat universiteti;

Samarqand davlat chet tillar instituti;

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti;

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali;

Samarqand davlat tibbiyot universiteti;

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti;

Samarqand davlat tibbiyot universiteti akademik litseyi;

Samarqand davlat universiteti akademik litseyi;

Abu Ali ibn Sino nomidagi Siyob jamoat salomatligi texnikumi.

O‘quv jarayonlari 7-aprel, dushanba kundan boshlanadi.

Eslatma: ushbu oliygoh talabalari uchun qoldirilgan dars mashg‘ulotlari yozgi ta’tilning ilk kunlari hisobidan o‘tkaziladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing