Samolyot halokati bo‘yicha Rossiya prezidenti uzr so‘radi
Dunyo
Rossiya prezidenti Vladimir Putin, AZAL aviakompaniyasining Boku-Grozniy reysi bo‘yicha halokat yuzasidan, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevdan uzr so‘radi va halok bo‘lganlar oilalariga hamdardlik bildirdi. Halokat Rossiya havo hududida ro‘y bergani sababli uzr keltirildi.
Rossiya mudofaa tizimlari Grozniy ustida dron hujumlarini qaytarayotgan paytda samolyot bir necha marta qo‘nishga urinib, muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi. Prezidentlar o‘rtasidagi muloqot Rossiya tashabbusi bilan bo‘lib o‘tdi.
25-dekabr kuni ertalab samolyot Qozog‘istonning Aktau shahri yaqinida halokatga uchradi. Samolyotning dastlab Grozniyga qo‘nishi rejalashtirilgan edi, biroq tuman tufayli Makhachqalaga, keyinchalik Aktauga yo‘naltirildi. Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, halokatda 38 kishi halok bo‘ldi, 29 nafari omon qoldi.
Ushbu voqea yuzasidan tergov davom etmoqda. Dastlabki xulosalarga ko‘ra, halokat dron hujumlari vaqtida PVO tizimi tomonidan amalga oshirilgan noto‘g‘ri harakat natijasi bo‘lishi mumkin. Kazaxiston rasmiysi, bu kabi taxminlarni tarqatishni noto‘g‘ri va noetik deb atadi.

Powered by Froala Editor