Sardor Umurzakov Prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi boʻldi
Siyosat
Oʻzbekistonda Prezident Adminstratsiyasi rahbari lavozimi tugatildi. Prezident Sardor Umurzakovni yangi lavozimga tayinladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimi tugatildi. Shu munosabat bilan Adminstratsiya rahbari Sardor Umurzakov yangi lavozimga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Prezidentning tegishli farmoni bilan Sardor O‘ktamovich Umurzakov Prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan.
Maʼlumot uchun, Sardor Umurzakov Administratsiya rahbari lavozimiga 2022-yilning 16-iyul kuni tayinlangan edi.
Shuningdek, Prezidentining farmoyishi bilan Sunatulla Xusanovich Bekenov O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbarining yordamchisi, Furqat Jalolovich Raximov esa O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasining Ijro etuvchi apparati tahliliy materiallarni tayyorlash va Administratsiya bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻbasi mudiri lavozimidan ozod etildi.

Powered by Froala Editor