Serbiya O‘zbekistonda elchixona ochadi: fuqarolar uchun vizalar olish osonlashadi

O'zbekiston

Serbiya O‘zbekistonda elchixona ochadi. Bu O‘zbekiston fuqarolari uchun Serbiya vizalarini rasmiylashtirish jarayonini soddalashtiradi. Hozirda Serbiya vizasini olish uchun Astanaga murojaat qilish talab etiladi, deb xabar berdi O‘zbekiston Migratsiya agentligi.

Serbiya O‘zbekistonda elchixona ochadi: fuqarolar uchun vizalar olish osonlashadi
Shu bilan birga, tomonlar migratsiya va mobillik sohasidagi Hukumatlararo kelishuvni imzolashga tayyorgarlik ko‘rishga kelishib oldi.

Muzokaralarda mehnat migratsiyasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Serbiya EXPO 2027 obyektlarini qurish uchun O‘zbekistondan malakali mutaxassislarni jalb etishdan manfaatdor. Shu munosabat bilan kadrlar tayyorlash, ularni ishga joylashtirish va munosib mehnat sharoitlarini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Hukumatlararo kelishuv ratifikatsiya qilingach, ikki vakolatli idora o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi protokolni imzolash rejalashtirilgan. Hujjat mehnat migratsiyasi va ishchi kuchi mobilligi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratiladi.

Serbiya elchixonasining O‘zbekistonda ochilishi fuqarolarga viza va boshqa konsullik masalalarini Astanaga murojaat qilmasdan hal qilish imkonini beradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing