Shavkat Mirziyoyev: 2023-yilda to‘qimachilik sanoatida mahsulot eksporti $3,1 milliardni tashkil etdi
Iqtisodiyot
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida to‘qimachilik sohasida eksport va investitsiya hajmlarini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o’tkazilmoqda. Bu haqda O’zbekiston rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
O‘tgan yili to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish 94 trillion so‘mga yetib, so‘nggi 7 yilda 4,2 baravar oshgani, 2023-yilda tarmoqdagi eksport $3,1 milliard bo‘lgani ta’kidlandi.
Shu bilan birga, oxirgi ikki yilda jahon bozorida to‘qimachilik mahsulotiga bo‘lgan talab kamaygani qayd etildi. Bundan tashqari, O’zbekistonning asosiy eksport bozorlarida valyuta kursi bilan bog‘liq muammolar yuzaga keldi. Shuni hisobiga o‘tgan yilda to‘qimachilik sohasi eksportdan $200 million yo‘qotdi.
Prezident bugungi kunda to‘qimachilik tarmog‘idagi 6 mingdan ziyod korxona 570 ming aholini doimiy ish bilan ta’minlayotganiga e’tibor qaratdi.
Davlat rahbarining topshirig‘iga asosan, to‘qimachilikning barcha yo‘nalishlaridagi tadbirkorlar bilan muloqot qilinib, ularni o‘ylantirayotgan masalalar o‘rganildi va echimlar ishlab chiqildi.
Yuzdan ziyod tadbirkor taklif qilingan yig‘ilishda ushbu masalalar tahlil qilindi va yangi chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

Powered by Froala Editor