Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevga bir-qancha takliflar berdi

Siyosat

Prezident Ilhom Aliyevni 2025-yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan "Markaziy Osiyo - Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" sammitida bosh faxriy mehmon sifatida ishtirok etishga taklif etdi.

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevga bir-qancha takliflar berdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokaralarda hamkorlikni yuqori sur’atda davom ettirish va tubdan kengaytirish maqsadida bir-qancha takliflarni ilgari surdi.

— Ozarbayjon Prezidentini 2024-yilda rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga borishga;

— 2024-yilni O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni jadal rivojlantirish yili deb e’lon qilishni;

— 2024-yil uchun o‘zaro manfaatli hamkorlikning 10 ta yangi yo‘nalishini;

— axborot makonida tajriba almashish va hamkorlikni muvofiqlashtirish uchun ikki mamlakat Prezident Administratsiyalarining tegishli xizmatlari o‘rtasida tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yishni;

— Prezident Ilhom Aliyevni 2025-yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan "Markaziy Osiyo - Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" sammitida bosh faxriy mehmon sifatida ishtirok etishga taklif etdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing