Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi
Dunyo
Bugun, 6-dekabr kuni Sadir Japarov 55 yoshga to‘ldi. Qirg‘izistonning amaldagi Prezidenti 1968-yilda Issiqko‘l viloyati Tyup tumanidagi Ken-Suu qishlog‘ida tug‘ilgan.
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun, 6-dekabr kuni Qirg'iziston Prezidenti Sadir Japarovni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Qirg‘iziston yetakchisi matbuot xizmati xabar berdi.
“Biz sizni qardosh qirg‘iz xalqining yuksak ishonchi va hurmatiga sazovor bo‘lgan buyuk davlat arbobi, vatanparvar va dono siyosatchi sifatida yaxshi bilamiz va hurmat qilamiz. Siz Qirg‘iziston rahbari sifatida ilgari surgan mintaqaviy ahamiyatga molik milliy dasturlar va muhim tashabbuslar samarali amalga oshirilayotganini alohida mamnuniyat bilan qayd etmoqchiman. Ishonchim komilki, birgalikdagi qat’iy sa’y-harakatlarimiz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tarixiy, diniy va madaniy totuvlikka asoslangan keng ko‘lamli aloqalarni yanada chuqurlashtirishga, strategik sherikligimizni har tomonlama mustahkamlashga xizmat qiladi”, deyiladi tabriknomada.
O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘iziston rahbariga uzoq umr, oilaviy baxt va mas’uliyatli davlat faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilagan.
Bugun, 6-dekabr kuni Sadir Japarov 55 yoshga to‘ldi. Qirg‘izistonning amaldagi Prezidenti 1968-yilda Issiqko‘l viloyati Tyup tumanidagi Ken-Suu qishlog‘ida tug‘ilgan. 2021-yil boshidan beri qo‘shni davlatga rahbarlik qilmoqda.

Powered by Froala Editor