Starliner ekspeditsiyasi: Astronavtlar orbitada uzoq vaqtga qolishi mumkin

Texnologiya

5-iyun kuni Boeing kompaniyasining "Starliner" kemasi bilan xalqaro kosmik stansiyaga yo‘l olgan astronavtlar Suni Uilyams va Berri Uilmor sakkiz kundan so‘ng Yerga qaytishni rejalashtirgan edilar. Ammo ularning missiyasi endi sakkiz oyga cho‘zilishi mumkin.

Starliner ekspeditsiyasi: Astronavtlar orbitada uzoq vaqtga qolishi mumkin
NASA 14-avgust kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida astronavtlarning Yerga qaytishi yana kechiktirilishini e’lon qildi. Aniq sanani NASA avgust oyi oxirigacha hal qilishi kutilmoqda.

NASA mutaxassislari astronavtlarning skafandrlari boshqa kosmik kemalar bilan to‘liq mos kelmasligini ma’lum qilishdi, bu esa ularning xavfsiz qaytishini qiyinlashtiradi. Shu sababli, "Starliner"ning parvozi xavfli deb topilsa, Uilyams va Uilmor SpaceX kompaniyasining kemasida qaytishi mumkin.

Ammo, ehtimol, ular 2024-yil boshida SpaceX kemasida qaytishlari mumkin, bu esa ularning sakkiz kunlik ekspeditsiyasini sakkiz oyga uzaytiradi. NASA astronavtlar yaxshi holatda ekanligini ta'kidladi va ular missiyaning xavfli ekanini tushunganini aytishdi.

5-iyun kuni "Starliner" kema havo bilan ta'minlash tizimida kichik geliy oqishi bo'lgan holda uchirilgan edi. Missiya davomida yana to‘rtta shunga o‘xshash oqishlar va beshta manevr dvigatelining ishdan chiqishi qayd etildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing