Sun’iy intelekt xavfsizligini nazorat qiluvchi tashkilot yaratiladi

Texnologiya

IT bozori yetakchilari AI xavfsizligini nazorat qiluvchi tashkilot yaratmoqchi.

Sun’iy intelekt xavfsizligini nazorat qiluvchi tashkilot yaratiladi
IT bozorining yirik ishtirokchilari — Google, Microsoft, Anthropic va OpenAI sun’iy intellekt modellari ishlab chiqilishini nazorat qiluvchi tashkilot — “Frontier Model Forum” yaratadi. Bu haqda Google tarqatgan bayonotda keltirilgan.

Qayd etilishicha, tashkilot boshqa IT-kompaniyalar bilan ham hamkorlik qilishga tayyor.

“Frontier Model Forum”ining asosiy vazifalari qatoriga targ‘ibot, yangi ish tajribalarini aniqlash hamda taniqli shaxslar va institutlar bilan hamkorlik kiradi.

Yaqin kelajakda tashkilot maslahat kengashini va nizom, boshqaruv hamda moliyani o'z ichiga olgan muhim institutsional tadbirlarni tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing