Suriyada xavfsiz hudud yo‘q

Dunyo

Suriyada Asad rejimidan qolgan minalar yuzlab kishilarni umriga zomin bo’lmoqda. Suriyada 200 dan ortiq odam, jumladan ayollar va bolalar, Asad rejimi qulaganidan keyingi uch oy ichida yashiringan minalar tufayli halok bo‘ldi. Portlovchi qurilmalarni zararsizlantirish bo‘yicha mutaxassislar "Suriyada xavfsiz hudud yo‘q" deb ogohlantirmoqda.

Suriyada xavfsiz hudud yo‘q
Mamlakatning shafqatsiz fuqarolar urushi sababli o‘z uylarini tark etgan taxminan 1,2 million kishi yana eski joylariga qaytayotgani bois yo'lda nogohon minlarni bosib halok bo‘lganlar soni ortib bormoqda.

Butun mamlakat bo‘ylab, jumladan yirik shaharlarda va qishloq joylarida, 14 yil davomida harbiy harakatlar va bombardimonlar natijasida minglab minalar, portlamagan snaryadlar va o‘q-dorilar tarqalib ketgan.  O‘z uylariga qaytayotgan oilalar tasodifan minalarga tegib ketib, hayotdan ko‘z yumayotgani haqida xabar qilinmoqda.

Ayniqsa, bolalar portlamagan snaryadlarni o‘yinchoq deb o‘ylab, ularning qurboniga aylanmoqda. Halo Trust, dunyodagi eng yirik mina tozalash xayriya tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, shu vaqtgacha 640 kishi halok bo‘lgan yoki jarohatlangan. BMTning avvalgi hisobotiga ko‘ra, qurbonlarning uchdan biri bolalar bo‘lgan.

Suriyalik oq dubulg‘alilar (White Helmets) nomi bilan tanilgan fuqaro mudofaa tashkilotining mina bo‘yicha dastur koordinatori Muhammad Sami Al Muhammad - "Biz Suriyada urush qoldiqlaridan xoli xavfsiz hudud bor deb ayta olmaymiz. Dunyoda urush 40 yil oldin tugagan, lekin haligacha mina xavfini butunlay yo‘q qila olmagan davlatlar bor. Suriyada sodir bo‘lgan falokat boshqa joylardagidan ancha og‘irroq", deydi u.

Ko‘ngillilar odamlarning yerlarini minalardan tozalab, ularning uylariga xavfsiz qaytishini ta’minlashga harakat qilmoqda. Biroq, ba’zi tozalovchilar o‘z hayotini ham yo‘qotmoqda.  Muhandislardan yana biri - "Dunyoda urush 40 yil oldin tugagan, lekin haligacha mina xavfini butunlay yo‘q qila olmagan davlatlar bor. Suriyada sodir bo‘lgan falokat boshqa joylardagidan ancha og‘irroq" deb kasb va mamlakat aholisining ayanchli turmush tarzini tasvirlab berdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing