Toshkentda MDHga a’zo davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlari Kengashining 78-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

O'zbekiston

25-26 aprel kunlari Toshkent shahrida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlari Kengashining 78-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O’zbekiston Bojxona qo’mitasining matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkentda MDHga a’zo davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlari Kengashining 78-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston bojxona xizmatlari rahbarlari ishtirok etishadi.

Mehmonlar bugun Bojxona qo‘mitasida bo‘lib, Bojxona rasmiylashtiruvi markazi va Markaziy bojxona laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdilar.

2021-yilda Jahon bojxona tashkilotining mintaqaviy laboratoriyasi maqomini qo‘lga kiritgan O’zbekiston Markaziy bojxona laboratoriyasi dunyo bo‘ylab ana shunday maqomga ega 10 ta laboratoriyadan biri hisoblanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing