Toshkentning ayrim ko‘chalarida avtotransport harakatlari cheklandi

O'zbekiston

Yangi yil bayrami munosabati bilan, 10-dekabrdan 15-yanvargacha Toshkentning ayrim ko‘chalari yopildi. Bu haqida shahar hokimligining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Toshkentning ayrim ko‘chalarida avtotransport harakatlari cheklandi
Yangi yil bayrami tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish, shuningdek, bayram tadbirlari vaqtida aholi xavfsizligini ta’minlash hamda jamoat tartibini saqlash maqsadida 2024-yilning 10-dekabridan 2025-yilning 15-yanvarigacha:

Zarafshon ko‘chasining "Hyatt Regency Tashkent" mehmonxonasi qo‘riqlash punkti va Matbuotchilar ko‘chalari oralig‘idagi qismi;

Istiqlol ko‘chasining A.Temur va Buyuk Turon ko‘chalari oralig‘idagi qismi;

Buyuk Turon ko‘chasining Istiqlol ko‘chasi kesishmasidan Yoshlar ijod saroyigacha bo‘lgan qismida avtotransport vositalari harakati cheklanadi.

Shuningdek, ko‘rsatilgan davr mobaynida muqobil yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing