Tramp Baydenni migratsion inqirozda aybladi va chegaradagi choralarni kuchaytirdi
Dunyo
Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, Jo Bayden siyosati tufayli AQShda 21 million migrant bor, ular orasida jinoyatchilar va terrorchilar ham bor. Prezident migratsiyaga qarshi keskin choralar ko‘rishni buyurdi.
Fox News telekanaliga bergan intervyusida AQSh prezidenti Donald Tramp Jo Baydenni migratsiya bo‘yicha siyosatini tanqid qildi. U Bayden qarorlari natijasida mamlakatda millionlab migrant borligini, ularning ko‘pi jinoyatchilar ekanini ta’kidladi.
"Bu odamlarni kelishiga ruxsat berish katta xato edi. Raqamlarga ishonaman: 21 million odam va ularning katta qismi jinoyatchilar", — dedi Tramp.
Trampning aytishicha, ba’zi migrantlar o‘z vatanlarida qamoqdan chiqarilgan va AQShga kirgan. "Bayden bunga yo‘l qo‘ydi", — deya qo‘shimcha qildi u.
Prezident chegaradagi vaziyatni nazorat qilish uchun darhol choralar ko‘rdi. U janubiy chegarada noqonuniy migrantlarning harakatini to‘xtatish va ularni mamlakatdan chiqarish bo‘yicha farmon imzoladi. Pentagon qo‘shimcha texnika va xodimlarni jo‘natgan, yaqin orada 10 ming harbiy xizmatchi Meksika chegarasiga yuboriladi.
Bundan tashqari, Tramp ma’muriyati qonun ijrosiga qarshilik qilayotgan mansabdor shaxslar bo‘yicha tergov boshlashni buyurdi. Prezident migrantlar oqimini nazorat qilish va AQSh xavfsizligini ta’minlashga qat’iy qaror qilganini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor