Turkiya “NATO” kemalarini Qora dengizga kiritmaslikka va’da berdi

Dunyo

Turkiyaning "Vatan" partiyasi rahbari Do'g'u Perinchekning aytishicha, maxsus harbiy operatsiya davom etar ekan, “NATO” Qora dengizda o'z kemalarini joylashtirmasligi kerak.

Turkiya “NATO” kemalarini Qora dengizga kiritmaslikka va’da berdi
Do'g'u Perinchek mintaqada barqarorlikni ta’minlash maqsadida tuzilgan Montrö konventsiyasining harakatlariga to'xtalib o'tdi. Perinchekning so‘zlariga ko‘ra, uning partiyasi Turkiyaning hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi konvensiya shartlariga rioya etilishini diqqat bilan kuzatib boradi.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyi boshida Turkiya Mudofaa vazirligi, Montre konvensiyasi qoidalariga muvofiq ravishda, Ukrainaga sotilgan Britaniyaning minalarni bartaraf etuvchi kemasini Bosfor va Dardanel bo'g'ozlaridan o'tkazmasligini ma'lum qilgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing