Turkiya qirg‘oqlarida tanker dronlar hujumi haqida xabar berdi

Dunyo

Turkiya qirg‘oqlarida yongan Virat tankeri ekipaji xalqaro Mayday signali orqali kemaga dronlar hujum qilgani haqida ma’lum qildi. Ushbu xabar A Haber telekanali e’lon qilgan fuqarolik radiosi yozuvida eshitiladi.

Turkiya qirg‘oqlarida tanker dronlar hujumi haqida xabar berdi
28 noyabr oqshomida Qora dengizda ikki tanker — Virat va Kairos — yong‘in bilan qamrab olindi. Rasmiylarga ko‘ra, yong‘inlar “tashqi ta’sir” oqibatida yuzaga kelgan. Ekipaj a’zolari orasida jabrlanganlar yo‘q.

Mustaqil manbalar turli versiyalarni keltirmoqda:
Kairos minga urilgan bo‘lishi mumkin;
Virat esa dronlar yoki kamikadze katerlar zarbasiga uchragani aytilmoqda.

Turkiya transport vaziri A Haber efirida shunday dedi:

«Kairos tankeridagi yong‘in davom etmoqda. Bizning kemalar uni o‘chirishda. Vaqti-vaqti bilan portlash ovozlari eshitiladi. Kema cho‘kmagan».

Vazirning aytishicha, Virat yong‘in ostida emas, biroq korpusda shikast yetgan. Hodisaga minga portlashi yoki boshqa tashqi aralashuv sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Tekshiruv davom etmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing