Ukraina dunyodagi eng harbiylashtirilgan davlatga aylandi

Dunyo

Ukraina 2007-yildan beri Global harbiylashtirish indeksi bo‘yicha yetakchilik qilib kelayotgan Isroilning o‘rnini egalladi. Kuchli o'nlikka Armaniston, Ozarbayjon va Rossiya ham kirgan.

Ukraina dunyodagi eng harbiylashtirilgan davlatga aylandi
Bonn xalqaro konversiya markazi tomonidan har yili tuziladigan Global harbiylashtirish indeksining 2023-yilgi reytingida Ukraina 18-o‘rindan 1-o‘ringa ko‘tarildi. 2007-yildan buyon yetakchilik qilib kelayotgan Isroil bu yil ikkinchi o‘rindan joy oldi.

Yetakchi o‘ntalikka Armaniston, Qatar, Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Gretsiya, Singapur, Ozarbayjon va Rossiya kiritilgan. Reytingda AQSH 25-o‘rinni, Germaniya esa 98-o‘rinni egalladi.

Reyting sharhida qayd etilishicha, yil davomida Rossiya harbiy xarajatlarini 66 milliard dollardan 72 milliard dollarga oshirdi. Shu bilan birga, Ukraina bilan urushda Rossiya Qurolli kuchlari ko‘plab ishchi kuchi va texnikasini yo‘qotgani sababli uning harbiylashuv darajasi unchalik oshmagan, deb yozadi tahlilchilar.

Global harbiylashtirish indeksi mamlakat harbiy apparatining hajmi va ta’sirini aks ettiradi. Reytingni tuzishda mamlakatdagi harbiy xarajatlar hajmi, harbiy xizmatchilar va og‘ir qurollar soni kabi ko‘rsatkichlar hisobga olingan.

"Umuman olganda, dunyoda og'ir qurollar soni ko'paygan, ammo ko'plab mamlakatlarda aholi sonining ko'payishi yoki YAIM tufayli harbiylashtirish darajasi o'rtacha pasaygan. G'arbiy va Markaziy Yevropada harbiy xarajatlar yil davomida 13 foizga oshgan — bu sovuq urush tugaganidan keyin ushbu ko'rsatkichning eng katta sakrashi", deydi tadqiqotchilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing