Ukraina va Buyuk Britaniya xavfsizlik kafolatlari to'g'risida bitimni imzoladi

Siyosat

Shartnoma Ukraina NATOga kirgunga qadar kuchda qoladi.

Ukraina va Buyuk Britaniya xavfsizlik kafolatlari to'g'risida bitimni imzoladi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak Ukraina NATOga a’zo bo‘lgunga qadar amal qiladigan xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi.

Ma’lum qilinishicha, NATOning Vilnyusdagi sammitida G7 davlatlari qabul qilgan deklaratsiyaga ko‘ra, a’zo davlatlarning har biri Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini berishga va’da bergan va Buyuk Britaniya ular orasida birinchi bo'lib tegishli kelishuvni tuzdi.

Britaniya rasmiylari “tarixiy” deb atagan kelishuv Ukrainaga yangi hujum uyushtirilgan taqdirda Buyuk Britaniya Kiyevga “tezkor va uzluksiz” mudofaa yordamini ko‘rsatishini nazarda tutadi.

Shartnoma shuningdek, Buyuk Britaniyaning Ukrainaga ko'rsatayotgan yordamini, jumladan, razvedka ma'lumotlarini almashish, kiberxavfsizlik va mudofaa sanoati sohasida hamkorlikni, tibbiyot xodimlari va harbiy xodimlarni tayyorlashni rasmiylashtiradi.

Avvalroq, Buyuk Britaniya 2024-moliya yilida Ukrainaga 2,5 milliard funt sterling miqdorida harbiy yordam berishini e'lon qilgan edi. Bosh vazir Rishi Sunakning so‘zlariga ko‘ra, paketga qoʻshimcha havo hujumidan mudofaa uskunalari, tankga qarshi qo‘shimcha qurollar, qo‘shimcha uzoq masofali raketalar va minglab snaryadlar kiradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing