Usmon Dembele Globe Soccer Awards bo‘yicha 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi

Sport

“PSJ” hujumchisi Usmon Dembele nufuzli Globe Soccer Awards mukofotiga ko‘ra 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Usmon Dembele Globe Soccer Awards bo‘yicha 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi
Parijning “PSJ” klubi hujumchisi Usmon Dembele Globe Soccer Awards marosimida 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotini qo‘lga kiritdi. G‘olib har yili o‘tkaziladigan ovoz berish natijalariga ko‘ra aniqlanadi va unda jahon futbolining eng yaxshi futbolchilari, murabbiylari hamda klublari taqdirlanadi.

2025/2026 yilgi mavsumda Dembele “PSJ” safida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.

2024/2025 yilgi mavsum fransuz futbolchisi uchun juda muvaffaqiyatli bo‘ldi. U “PSJ” bilan Fransiya chempionati, milliy kubok va Superkubokni yutdi. Shuningdek, Yevropa Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi va Qit’alararo kubokda ham g‘alaba qozondi.

Usmon Dembele “PSJ” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing