Uzbekistan Airways"Haj-2024" dasturi doirasida Saudiya Arabistoniga ziyoratchilar uchun charter reyslarini yo'lga qo'ydi

O'zbekiston

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi O‘zbekiston Musulmonlari idorasi bilan birgalikda “Haj-2024” dasturi doirasida Saudiya Arabistoniga charter yo‘lovchi aviaqatnovlarini amalga oshirishni boshlaydi. Bu haqda aviatashuvchi matbuot xizmati xabar berdi.

Uzbekistan Airways"Haj-2024" dasturi doirasida Saudiya Arabistoniga ziyoratchilar uchun charter reyslarini yo'lga qo'ydi
Qayd etilishihca, 23-maydan 7-iyunga qadar “Haj” dasturi boʻyicha marosimlarni bajarish istagida boʻlgan ziyoratchilar Oʻzbekistonning 10 ta mintaqaviy xalqaro aeroportlaridan, xususan, Toshkent, Namangan, Fargʻona, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Navoiy, Nukus va Urganch shaharlaridan Madina shahriga yetkaziladi.

Aviakompaniya va O‘zbekiston Musulmonlari idorasi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, joriy yilda 124 ta charter yo‘lovchi parvozlarini amalga oshirish va 15 130 nafar ziyoratchini tashish rejalashtirilgan.

Eslatib o’tamiz, joriy yilning 9-may kunidan boshlab har hafta payshanba kunlari amalga oshiriladigan yangi parvoz yo‘nalishi tufayli samarqandliklar Nijniy Novgorodga oson va qulay yetib borish kabi ajoyib imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing