“Vaqt tig‘iz”: Tramp Tehronni AQSH bilan zudlik bilan bitim imzolashga chaqirdi

Dunyo

Vashington to‘g‘ridan-to‘g‘ri va keskin tahdidlar tiliga o‘tmoqda. AQSH Prezidenti Donald Tramp Tehronga zudlik bilan Oq uy bilan kelishuvga erishishni talab qilib, ultimatum qo‘ydi. Amerika yetakchisi Islom Respublikasining taqdiri hal bo‘lganini va yana kechiktiriladigan bo‘lsa, mamlakatni butkul vayronagarchilik kutayotganini ochiq aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu jarayon shu vaqtgacha faqat jahon yetakchilarining iltimosiga binoan ortga surib kelingan.

“Vaqt tig‘iz”: Tramp Tehronni AQSH bilan zudlik bilan bitim imzolashga chaqirdi
AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Eron rahbariyatini Vashington bilan kelishuv imzolash jarayonini tezlashtirishga chaqirdi. Respublikachining so‘zlariga ko‘ra, vaqt juda tig‘iz va agar Eron shoshilmasa, davlatdan hech narsa qolmaydi. Oq uy rahbari Vashington endi bu jarayonni cho‘zish niyatida emasligini aniq ko‘rsatdi.

Avvalroq Fox News telekanaliga bergan intervyusida Tramp yanada keskin gapirib, agar Eron kelishuvdan bosh tortsa, butunlay yo‘q qilinishini aytgan edi. U Islom Respublikasining yakuniy mag‘lubiyati faqat vaqt masalasi ekanini va AQSH bu jarayonni bir necha hafta ichida yakunlashi mumkinligini ta’kidladi. Tramp harbiy harakatlarni faqatgina Tehron bilan aloqada bo‘lgan bir qator jahon yetakchilarining shaxsiy iltimosiga ko‘ra to‘xtatganini, biroq bu qadam yakunni faqat vaqtincha ortga surganini qo‘shimcha qildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing