Vengriya prezidenti Katalin Novak iste'foga chiqdi

Siyosat

Vengriya prezidenti Katalin Novak mehribonlik uyidagi jinsiy zo‘ravonlik ishi bo‘yicha mahkumni avf etish qarori tanqid qilinganidan so‘ng iste’foga chiqishini e’lon qildi. Bu haqda "Reuters" xabar berdi.

Vengriya prezidenti Katalin Novak iste'foga chiqdi
"Men xato qildim. Bugun men sizga prezident sifatida murojaat qilishimning so'nggi kunidir", dedi Novak Vengriya televideniyasi orqali "Reuters" agentligiga.

Qayd etilishicha, mamlakatdagi barcha muxolif partiyalar Novakning iste’fosini talab qilgan. Chunki 2023-yilning bahorida Rim papasining tashrifi oldidan u mehribonlik uyi direktorining sobiq o‘rinbosarining avf etish haqidagi iltimosini qabul qilgan edi.

U maktab direktoriga o‘quvchilarining jinsiy zo‘ravonligini yashirishga yordam bergani uchun 3 yil 4 oyga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

O‘z murojaatida Novak “xato qilganini” aytdi. Endi Vengriya parlamenti 30 kun ichida yangi davlat rahbarini saylaydi. Katalin Novak prezidentlik faoliyatini 2022-yilning mart oyida boshlagan. U Vengriya tarixidagi ilk ayol prezident bo‘ldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing