Yaponiyada iqlim o‘zgarishiga moslashadigan suzuvchi shahar quriladi
Texnologiya
Shahar sunamidan himoya qilish uchun halqa shaklida quriladi va aholiga ilg‘or tibbiy xizmatlar koʻrsatiladi, xususan, robot jarrohligi ham amalga oshiriladi.
Yaponiyaning N-Ark startapi okeanda “Dogen City” nomli ulkan suzuvchi shahar yaratish rejasini e’lon qildi. Bu haqda “Robb Report” nashri xabar bermoqda.
Shahar sunamidan himoya qilish uchun halqa shaklida quriladi va aholiga ilg‘or tibbiy xizmatlar koʻrsatilib, robot jarrohligi ham amalga oshiriladi.
Shuningdek, ushbu shahar oziq-ovqat va qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish orqali to‘liq o‘zini-o‘zi ta’minlaydi. Hatto, kosmik kemalarni uchirish uchun ham sharoit yaratiladi.
Ma’lum qilinishicha, 390 akr maydonga teng, "kasalliksiz" mahalla bir vaqtning o'zida 40 000 kishi, jumladan 10 000 doimiy aholi va 30 000 sayyohni oʻz bagʻriga sigʻdiradi.
Dogen City uch qatlamdan iborat bo‘ladi, ularning har biri aniq maqsadni ko‘zlaydi.
Birinchi qatlam yashashga yaroqli, o‘zini-o‘zi ta’minlaydigan dengiz qishlogʻi bo‘lib, u yerda uy-joylar quriladi. Keyingi qatlam, energiya sarfini kamaytiradigan va okean tabiiy ravishda sovutadigan suv osti ma’lumotlar markazi bo‘ladi. Oxirgi qatlam esa SpaceX’dan ilhomlanadi va raketalar uchun uchirish hamda qo‘nish maydonchasi bo‘lib xizmat qiladi.
Ta’kidlanishicha, oziq-ovqat uchun funksional ingrediyentlar va ekinlar o‘simlik ozuqalari manbai sifatida innovatsion texnologiyalar orqali dengiz suvidan foydalangan holda mahalliy sharoitda yetishtiriladi. Loyiha yiliga qariyb 7 ming tonna oziq-ovqat ishlab chiqarish va 22 million 265 ming kVt elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi.
Hozircha, Dogen City’ning aniq qayerda joylashishi yoki qachon qurib bitkazilishi haqida hech qanday ma'lumot yo'q.

Powered by Froala Editor