Yaponiyada xorijiy ishchilar soni rekord darajada oshdi
Dunyo
Yaponiyada mehnat tanqisligini bartaraf etish maqsadida xorijiy ishchilar soni rekord darajada oshdi. Hukumat ma'lumotlariga ko‘ra, 2024-yil oktabr holatiga ko‘ra, mamlakatdagi xorijiy ishchilar soni 2,3 millionga yetdi. Bu avvalgi yilga nisbatan 254 ming kishiga ko‘p bo‘lib, 2008-yildan buyon olib borilayotgan hisob-kitoblar ichida eng katta yillik o‘sish hisoblanadi.
Bu ko‘rsatkich oxirgi o‘n yillikdagi doimiy o‘sish tendensiyasining bir qismi bo‘lib, 2014-yilda Yaponiyada bor-yo‘g‘i 788 ming xorijiy ishchi bo‘lgan.
Jahon banki ma'lumotlariga ko‘ra, Yaponiya Monakodan keyin dunyodagi eng keksa aholi tarkibiga ega davlat hisoblanadi. Shu bilan birga, mamlakatning qattiq immigratsiya siyosati sababli mehnat bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talab ortib bormoqda.
Hukumat ma'lumotlariga ko‘ra, Yaponiyada eng ko‘p ishlayotgan uchta millat vakillari vetnamliklar, xitoyliklar va filippinliklardir. Ular, asosan, ishlab chiqarish, mehmondo‘stlik (turizm va restoran biznesi) hamda chakana savdo sohalarida faoliyat yuritmoqda.
Xorijiy ishchilarning 20,4 foizi davlat tomonidan moliyalashtirilgan “texnik stajyor” dasturi doirasida ishlaydi. Ushbu dastur dastlab Xitoy, Vetnam kabi davlatlardan kelgan ishtirokchilarga o‘z mamlakatlarida foydalana oladigan maxsus tajriba berish maqsadida joriy qilingan. Bu tizimni xorijiy kuzatuvchilar konservativ Yaponiya hukumati uchun migrantlarni rasman qabul qilishni tan olishdan qochishning “orqa eshigi” deb atashadi.

Powered by Froala Editor