Yevropa Ittifoqi: 2021-yilda havo ifloslanishi yuz minglab odamlarning hayotiga zomin bo'ldi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining yangi hisobotida aytilishicha, bir yil ichida 250 000 dan ortiq odam mayda zarrachalar keltirib chiqaradigan ifloslanishdan nobud bo'lgan.
24-noyabr kuni chop etilgan hisobotda aytilishicha, Yevropadagi havo sifati hali ham JSST tavsiyalariga mos kelmaydi.
Atrof-muhit agentligiga koʻra, uchta asosiy ifloslantiruvchi moddalar - mayda zarrachalar, ozon va azot-dioksid Yevropa Ittifoqida 2021-yilning oʻzida yuz minglab bevaqt o'limga sabab bo'lgan.
Atrof-muhit, okeanlar va baliqchilik bo‘yicha Yevropa komissari Virjiniyus Sinkevisius hisobotni sharhlar ekan, havoning ifloslanishi “hali ham Yevropa Ittifoqida birinchi raqamli ekologik sog‘liq muammosi bo‘lib qolmoqda”, dedi.
Hisobotda aytilishicha, 253 000 o'limga asosan gaz bilan yuradigan avtomobillar yoki ko'mir bilan ishlaydigan elektr stansiyalarida hosil boʻlgan mayda zarralar sabab bo'lishi mumkin. Zarrachalar nafas olish yo'llariga kirib, o'pka kasalligi xavfini kuchaytiradi. Shuningdek, ular yurak xastaligi, qon tomirlari va diabet xavfini oshiradi.
Mayda zarrachalar Polsha (47,300), Italiya (46,800) va Germaniyada (32,300) eng ko'p o'limga olib kelgan.

Powered by Froala Editor