Yevropa Ittifoqi bosimni kuchaytirmoqda: Rossiya neftiga narx chegarasi pasaytirildi

Iqtisodiyot

Yevropa Ittifoqi Rossiya neftiga nisbatan narx cheklovlarini kuchaytirib, yangi chegarani bozor darajasidan past belgiladi.

Yevropa Ittifoqi bosimni kuchaytirmoqda: Rossiya neftiga narx chegarasi pasaytirildi
Yevropa Ittifoqi 1-fevraldan boshlab Rossiya neftiga qo‘yilgan narx chegarasini 47,6 dollardan 44,1 dollargacha pasaytiradi. Bu haqdagi qaror YEI rasmiy jurnalida e’lon qilindi.

Rossiya neftini belgilangan chegaradan yuqori narxda sotib olishni taqiqlovchi mexanizm 2022 yil oxirida joriy etilgan edi. Dastlab narx chegarasi 60 dollar bo‘lgan. 2025 yilda u 47,6 dollargacha tushirildi, endilikda esa yana pasaytirildi.

Shu bilan birga, Rossiyaning Urals markali nefti narxi pasayishda davom etmoqda. Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, dekabr oyida Urals neftining o‘rtacha narxi 39,18 dollarni tashkil etdi, bu YEI belgilagan yangi chegaradan past.

Mutaxassislarning fikricha, narx chegarasining navbatdagi pasaytirilishi asosan siyosiy ahamiyatga ega, chunki real bozor narxlari allaqachon belgilangan limitdan past.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing