Yevropa Ittifoqi Ukrainani a'zo davlat sifatida qabul qilishga tayyor emas – Orban

Siyosat

Viktor Orbanning fikricha, Ukraina dunyodagi eng korrupsiyalashgan davlatlardan biri.

Yevropa Ittifoqi Ukrainani a'zo davlat sifatida qabul qilishga tayyor emas – Orban
Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Yevropa Ittifoqi (YeI) Ukrainani aʼzolikka qabul qilishga tayyor emasligini maʼlum qildi. Bu haqda u Fransiyaning “Le Point” jurnaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevrokomissiyaning Kiyev a’zolik uchun yettita shartdan to‘rttasini bajarganligi haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Viktor Orban, shuningdek, Ukraina dunyodagi eng korrupsiyalashgan davlatlardan biri ekanini aytdi: “Biz aʼzolik boʻyicha muzokaralar jarayonini boshlashga qaror qila olmaymiz”.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing