Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta Samarqandga keldi

Siyosat

Joriy yilning 3-4 aprel kunlari Samarqand shahrida "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi.

Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta Samarqandga keldi
Bugun, 2-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan mazkur sammit ishida qatnashish uchun Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Qisqa suhbatdan so‘ng, Yevropa kengashi Prezidenti tashrif dasturiga muvofiq navbatdagi manzilga jo‘nab ketdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing