Yevrozonada inflyatsiya yana pasaydi

Iqtisodiyot

Iyul oyining past ko'rsatkichi asosan energiya narxining pasayishi bilan bog'liq bo'lib, u 6,1 foizga tushib ketgan.

Yevrozonada inflyatsiya yana pasaydi
20 ta davlatdan iborat Yevrozonadagi inflyatsiya darajasi joriy yilning iyul oyida 5,3 foizga tushib, may oyiga nisbatan deyarli bir foizga kamaydi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi statistika agentligi maʼlum qildi.

Iyun oyida inflyatsiya darajasi 5,5 foiz, may oyida esa 6,1 foizni tashkil etgan edi. Yevrostat keltirgan ma'lumotlariga ko'ra, iyul oyining past ko'rsatkichi asosan energiya narxining pasayishi bilan bog'liq bo'lib, u 6,1 foizga tushib ketgan.

Raqamlar umumiy aholisi 346 million bo‘lgan yevrohududdagi inflyatsiya 2022-yil boshidan beri eng past darajaga yetganini koʻrsatmoqda.

Shu bilan birga, Yevrostat apreldan iyungacha bo'lgan davrda yevrozona iqtisodiyotining 0,3 foizga o'sgani haqida xabar berdi. Ushbu koʻrsatkichda Irlandiyaning hissasi yuqori boʻlib, uning iqtisodiyoti 3,3% ga o'sgan. Fransiya va Ispaniya ham yevrozonaning o'rtacha ko'rsatkichlaridan yuqori natija qayd etdi: mos ravishda 0,5% va 0,4%.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing