Ukraina qurolli kuchlari Kursk viloyatidagi operatsiyani yakunladi

Dunyo

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevda jurnalistlarga bergan bayonotida Ukraina Qurolli Kuchlari (UQQ) tomonidan Kursk viloyatida olib borilgan harbiy operatsiya o‘z vazifasini bajarganini ma’lum qildi.

Ukraina qurolli kuchlari Kursk viloyatidagi operatsiyani yakunladi
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hujum natijasida Rossiya armiyasi Xarkov va Pokrovsk yo‘nalishlaridan o‘z kuchlarining bir qismini chekinishga majbur bo‘lgan. Natijada bu hududlardagi vaziyat "barqarorlashgan" va endi Rossiya armiyasiga Pokrovskni qayta ishg‘ol qilish "juda qiyin bo‘ladi", dedi Zelenskiy.

AQSh Prezidenti Donald Tramp o‘sha kunning o‘zida Kursk viloyatidagi vaziyat bo‘yicha bayonot berib, “Ayni paytda minglab Ukraina askarlari Rossiya armiyasi tomonidan to‘liq qurshovga olingan va juda og‘ir hamda zaif holatda”, deya ta’kidladi. U Truth Social platformasida yozgan postida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga “ularning hayotini saqlab qolish bo‘yicha qat’iy iltimos” bilan murojaat qilganini bildirdi. “Bu Ikkinchi jahon urushidan beri kuzatilmagan dahshatli qirg‘in bo‘lishi mumkin”, deya qo‘shimcha qildi Tramp.

Bunga javoban Vladimir Putin Kursk viloyatida qurol tashlab, taslim bo‘lgan Ukraina harbiylariga hayotlari saqlab qolinishi va urush asirlari sifatida munosabatda bo‘lish kafolatlanishini ma’lum qildi. Bungacha esa Kursk viloyatiga tashrifi chog‘ida Putin u yerda qo‘lga olingan Ukraina harbiylarini terrorchilar sifatida ko‘rib chiqishini bildirgandi.

UQQ Bosh shtabi esa o‘zining Telegram kanalida Kursk viloyatida Ukraina harbiylari qurshovga olingani haqidagi ma’lumotni rad etib, u yerda bo‘layotgan harakatlarni “bo‘linmalarni qayta guruhlash” deb atadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing