Zelenskiyning Kursk viloyatidagi hujumlarga ilk izohi

Dunyo

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ilk bor Ukraina Qurolli Kuchlarining Kursk viloyatidagi harakatlariga izoh berdi. U oliy bosh qo'mondon shtabining yig'ilishini o'tkazib, unda Ukraina Qurolli Kuchlari bosh qo'mondoni Aleksandr Sirskiyning Kursk viloyatidagi "operatsiya" bo'yicha hisobotini tinglaganini aytdi.

Zelenskiyning Kursk viloyatidagi hujumlarga ilk izohi
Zelenskiy "bu operatsiyalar Ukraina xavfsizligi masalasidir", deb ta'kidladi. Shu bilan birga, u Ukraina diplomatlaridan uzoq masofali qurol-yarog‘larni qo‘llash bo‘yicha hamkorlardan zarur ruxsat olishni faol ravishda amalga oshirishlarini so‘radi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin esa 12-avgust kuni o‘tgan yig‘ilishda, Ukrainani Kursk viloyatiga qilgan hujumlari bilan kelgusida muzokara pozitsiyasini yaxshilashga urinayotganini bildirdi. Uning ta'kidlashicha, "Ukraina tinch aholini nishonga olmoqda va atom energetikasi obyektlariga tahdid qilish orqali muzokaralar imkoniyatlarini qidirmoqda."

Kursk viloyati 6-avgustdan buyon Ukraina Qurolli Kuchlarining kuchli hujumlariga duch kelmoqda. Ushbu hujumlar natijasida hududda favqulodda holat joriy etildi, shuningdek, qo‘shimcha qo‘shinlar joylashtirildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing