Zo‘ravonlikdan jabrlanganga nikohdan ajrashayotganda muhlat tayinlanmaydi
O'zbekiston
Oila kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda sud oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxsning talabiga ko‘ra yarashish uchun muhlat tayinlamaydi.
O'zbekiston Respublikasining O‘RQ-1053-sonli Qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Bundan tashqari, Uy-joy kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, turar-joydan foydalanish haqidagi nizolar ko‘rib chiqilayotganda sud taraflarning kelishuviga asosan turar-joy mulkdorining tashabbusiga ko‘ra turar-joyga majburiy tartibda kiritilayotgan tarafni turar-joy mulkoriga tegishli mutanosib sharoitlarga ega bo‘lgan boshqa turar joyga kiritish yoki ijaraga olingan turar-joy uchun ijara haqini to‘lash majburiyatini mulkdorning zimmasiga yuklatishi mumkinligi belgilandi.

Powered by Froala Editor